6 Yanvar 2026 Yil 123

2026-yil – yangi marralar, yangi mas’uliyatlar yili!

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi Uchtepa tumani uchun ham katta vazifalar va keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Uchtepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Azizbek Azimov, tuman prokurori Saidkarim Muxtarov, tuman IIB FMB boshlig‘i Akmal Bahramov, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda mahalla yettiligi (mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va bank vakillari) rahbarlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda asosiy maqsad:
➖ ishsizlik, jinoyatchilik va kambag‘allikdan xoli hududlar yaratish;
➖ har bir mahallaning tashqi qiyofasini obod va zamonaviy qilish;
➖ infratuzilma va ijtimoiy sharoitlarni yanada yaxshilashdan iborat ekani ta’kidlandi.

Mahalla – jamiyat tayanchi.
Obod mahalla – kuchli jamiyat, farovon hayot demakdir.
Tumandagi har bir hududni shunday maskanga aylantirish – bugungi eng muhim vazifamizdir!
Uchtepa tumani 2026-yilda yanada obod, xavfsiz va farovon bo‘lishiga ishonamiz!

Birgalikda harakat qilsak – natija albatta bo‘ladi!

© Uchtepa tuman hokimligi

Barcha yangiliklar

Text to speech