2 Oktyabr 2025 Yil 672

🚧 Transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Oqava suv tarmoqlarini yotqizish ishlari sababli Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Jasorat ko‘chasi kesishmasidan (Tanho Xolding oldidagi chorrahadan) uch qavatli ko‘prikkacha bo‘lgan qismi 2-oktyabr 22:00 dan 3-oktyabr 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Barcha yangiliklar

Text to speech