🚧 Bunyodkor ko‘chasining ichki dublyori vaqtincha yopiladi
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!
24/7 Bunyodkor yangi sayr-gastro ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chaning ichki dublyori 12-sentyabr soat 07:00 dan 15-sentyabr soat 07:00 gacha transport harakati uchun yopiq bo‘ladi.
Bunyodkor ko‘chasining o‘zi hamda ko‘chaning tashqi dublyori yopilmaydi.
Yo‘nalishlaringizni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olishingizni va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanishingizni so‘raymiz.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz.