TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Aholi sog‘lom bo‘lsa, jamiyat sog‘lom

Sog‘lomlikning o‘zagi jismoniy tarbiya, sportning biror turi bilan muntazam shug‘ullanishdir. Sport bilan shug‘ullangan kishining irodasi kuchli, tartib-intizomli, fikrlashi ham sog‘lom bo‘lishi tabiiy. Sportni aholi orasida keng ommalashtirishga davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilayotgani, ko‘plab sport saroylari, stadion va klublarning ochilayotgani bunga dalildir. Shu ma’noda ichki ishlar xodimlarining jismoniy tayyorgarligiga berilayotgan e’tiborni ham ta’kidlamoq joizdir. Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi qatorida jismoniy tayyorgarligini oshirishga muhim ahamiyat berilib kelinadi. Bu borada xodimlar o‘rtasida sportning ko‘plab turlari bo‘yicha musobaqalarning o‘tkazilishi, g‘olib jamoalar va xodimlarni rag‘batlantirish ularni ruhlantirish bilan birga salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida Toshkent shahar “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashining XXXIV-Spartakiadasidan o‘rin olgan sportning futbol turi bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirildi. Mazkur musobaqa ko‘p yillar poytaxt IIBBda rahbarlik qilgan, poytaxt hududida jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ulkan hissa qo‘shgan marhum general-mayor I.Sattorovning xotirasiga bag‘ishlandi. Unda IIBB tarkibiy va hududiy bo‘linmalaridan 15 ta terma jamoa qatnashib, g‘oliblik uchun murosasiz va keskin bahs olib borishdi. Musobaqaning final o‘yinlariga marhum I.Sattorovning yaqin qarindoshlari taklif etildi. Tomoshabinlarning olqish va hayqiriqlari ostida kechgan kurashda 🥇 1-o‘rin Toshkent shahar IIBB terma jamoasiga🥈 2-o‘rin Qo‘riqlash boshqarmasi🥉 3-o‘rin Toshkent shahar IIBB YHXB jamoalariga nasib etdi. G‘oliblar tegishli diplom, medallar va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

3 Dekabr 2025 Yil

115

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida ochiq muloqotlar

Yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, huquqiy ongi, madaniyatini shakllantirish, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali xavf solayotgan giyohvandlik, diniy-ekstremizm, buzg‘unchi g‘oyalar, kiberjinoyatlardan asrash borasida poytaxt ichki ishlar organlari tomonidan qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning navbatdagi ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlar Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Mahkam Vafoyev tomonidan o‘tkazildi. Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining talabalari ishtirokida, shuningdek Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti talabalari orasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda sohaviy xizmatlar mas’ullari ham qatnashdilar. “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilmoqda. Tadbirlarda so‘zga chiqqan polkovnik M.Vafoyev jinoyatchilikning oldini olishda yoshlarning faolligi, ijtimoiy mas’uliyati va onlayn xavfsizlikni ta’minlash masalalari borasida so‘z yuritib, salbiy holatlardan himoyalanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar va yo‘riqlarga to‘xtaldi. Talabalar oldida so‘zga chiqqan sohaviy xizmat xodimlari mavzuni davom ettirib, yoshlarga huquqbuzarliklarning ayanchli oqibatlari, jamoat tartibini saqlashda aholining, xususan yoshlarning o‘rni, ular orasida keng tarqalib borayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi, tarqatilishi bilan bog‘liq jinoyatlar va boshqa xavfli omillar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar. Muloqot yakunida talabalarning savollariga javob berilib, xavfsizlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari tushuntirildi. Seminar yoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishga xizmat qilishi tabiiy.

2 Dekabr 2025 Yil

228

Центр по реабилитации лиц без определенного места жительства посетили мотоциклисты Узбекистана

Barcha yangiliklar

Text to speech