28 Fevral 2023 Yil 969

Yo‘l talashib jamoat tartibini buzgan haydovchilarga chora ko‘rildi

Joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 08.20 larda avtobus haydovchilari - 1995 yilda tug‘ilgan M.M. va 1991 yilda tug‘ilgan N.B. Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida yo‘l talashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan M.M. va B.N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlanayotganingizda nafaqat o‘zingiz, balki yo‘lovchilar va piyodalarning hayoti uchun ham masʼul ekanligingizni unutmang. Yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya eting!

Barcha yangiliklar

Text to speech