23 May 2023 Yil 837

Yana bir “narkograffist” faoliyatiga chek qo‘yildi

Yunusobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qo‘yish, shuningdek ularni turli xil saytlar orqali reklama qilayotgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida «narkograffist» qo‘lga olindi.
“Xasanboy” mahallasining profilaktika inspektori Tiklanish ko‘chasida joylashgan binoning devoriga giyohvandlik vositalarini sotuvchi do‘konlarni targ‘ib qiluvchi “narkograffiti”larni chizayotgan nomaʼlum shaxsni aniqlab, qo‘lga oldi. Aniqlanishicha, “narkograffist” 25 yoshli Axtam R. bo‘lib chiqdi. Undan xolislar ishtirokida trafaret va bo‘yoq qutisi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech