25 May 2023 Yil 513

Nazariy bilim amaliyotda mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasining 2-kurs tinglovchilari Toshkent shahrida yakuniy malakaviy amaliyotni o‘tamoqda. Amaliyotni o‘tash davrida tinglovchilar Toshkent shahar IIBB hamda tuman IIO FMBlardagi xizmat yo‘nalishlari bilan tanishib, boshqaruv tartibini o‘rganishmoqda. Fuqarolarning murojaatini ko‘rib chiqishdagi individual yondashuv, jinoyatlarni fosh etishning o‘ziga xos taktik xususiyatlari, kriminogen vaziyatni o‘rganish va nazorat qilishning usullari va uslublari bilan tinglovchilar bevosita tanishmoqda.

Bu kabi amaliyot IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilarining kelgusidagi faoliyatida katta tajriba bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech