14 Mart 2023 Yil 723

Firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani IIO FMBga 63 yoshli Go‘zal D. murojaat qilib, tanishi 33 yoshli Rahmatullo T. yanvar oyining o‘rtalarida, unga xorijdan 14 dona “Iphone 14 Про Max” rusumli telefonlarni olib kelib berishini vaʼda qilgan. Rahmatullo Go‘zaldan jami 38.000 AQSH dollarini olib, vaʼdasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech