16 Mart 2023 Yil 590

“Biz kiberjinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Toshkent kimyo texnologiyalari institutida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!” mavzusida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begonalarga maʼlum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Kiberjinoyatga qarshi kurashishning eng samarali usuli kiberxavfsizlik gigiyenasiga rioya etish ekanligiga alohida urg‘u berildi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bu kabi profilaktik tadbir Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari o‘rtasida, shuningdek Mirobod tumanidagi 2-sonli oilaviy poliklinikada ham o‘tkazildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech