Tabiiy ofatlarda o’zini tutish qoidalari

Zilziladan keyin:
  • Muhtoj bo’lganlarga birinchi yordam ko’rsat;

  • Suv, gaz va elektr tarmoqlarini tekshir va ularni o’chir;

  • Radiopriyomniklarni ishlatib qo’y;

  • Gazni faqat hidi bo’yicha aniqla, aslo gugurt yoqma. Gaz chiqayotganini sezsang, darhol deraza va eshiklarni och, xonadan chiqib ket va maxsus xizmat xodimlariga bu haqda xabar ber;

  • Telefondan faqat muhim axborotlar yetkazish uchun foydalan;

  • Shikastlangan imoratlardan ehtiyot bo’l,binoning ichiga kirma.

Shikastlanganligi ko’rinib turgan binolarga yaqinlashma va ularning ichiga kirma. Takroriy silkinishlar ro’y berishiga tayyor bo’l, ular bir necha sutka, hafta yoki oylardan keyin ham yuz bersada, zilziladan keyingi ikki-uch soat eng xavfli hisoblanadi. Ma’lumki, birinchi silkinishdan keyin qancha ko’p vaqt o’tsa, takroriy silkinishlar ehtimolligi shuncha kam bo’ladi.

DIQQAT! Radioni ishlatib qo’y!
Favqulodda vaziyat bo’yicha xizmat bo’limlarining «Diqqat barchaga!» signallarini eshit!

Барча янгиликлар

Text to speech