Tabiiy ofatlarda o’zini tutish qoidalari

Zilzila kuchliroq (silkinish kuchi besh va undan ortiq ball) ro’y bergan holda sen bino ichida bo’lsang:
  • Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda xonadan chiqma;

  • Ichki devor oldidagi, burchakdagi, eshik o’rnidagi, tayanch ustun oldidagi, xavfsiz joyga turib yoki vannaga yotib ol;

  • Karavot, stol tagiga kirib ol, ular seni qulab tushayotgan narsa va parchalardan saqlaydi. Deraza va og’ir jihozlardan uzoqroqda tur.

Mumkin emas:
  • Birinchi qavatdan yuqori bo’lgan derazalardan sakrash, eshik oldida tirbandlikni hosil qilish;

  • Liftdan foydalanish;

  • Gugurt, sham yoqish, olovdan foydalanish

Agar sen ko’chada bo’lsang:
  • Binolardan va elektr uzatish tarmoqlaridan uzoqroqdagi ochiq joyga o’tib ol, uzilgan elektr simlariga yaqinlashma;

  • Binolar yonida yurma va ular ichiga kirma.

Барча янгиликлар

Text to speech