Yo’l harakati xavfsizlik qoidalari

METRO
Metroga kiraverishda

Aylanma g’ov (turniket) kirish-chiqish joylari orqali bepul o’tishga urinma: bu xavfli (tabaqalarning zarb bilan urishi jarohatga olib kelishi mumkin).

Eskalatorda:
  • Ogoh, xushmuomala va ehtiyotkor bo’l. Shovqin qilma va baland ovozda so’zlashma. Eskalatorda yugurma, uning harakatiga qarshi turma, tutqich hamda zinalarga buyumlarni qo’yma va o’tirib olma. Eskalatorda harakatlanayotganda o’ng tomondan tutqichni ushlab ol;

  • Eskalatordan tushayotganda to’xtab qolma, tiqilinch holat tug’dirma;

  • Tangalar va boshqa mayda jismlarni eskalatorga tashlama.

Platforma
  • Platforma chekkasiga yaqinlashma, belgilangan chegaradan o’tma. Poyezd batamom to’xtamaguncha vagonlar yoniga yaqinlashma.

  • Relsga tushib qolgan narsani o’zboshimchalik bilan tushib uni olma, bekatdagi navbatchini chaqir.

  • Vagonlar o’rtasiga bir inson tushib qolgan bo’lsa mashinist tomoniga yugur. Vagon ichiga kirib, haydovchiga mikrofon orqali xabar ber.

Vagonda
  • Agar poyezd yer osti yo’lida (tunelda) to’xtasa, asabiylashma, metropoliten xodimlari va mashinistning barcha ko’rsatmalarini bajar.

  • Yelkangdagi og’ir sumka yoki ryukzakni tushir. Har qanday xavfli holatda poyezd haydovchisi bilan tezkor aloqadan foydalan, tugmani bosib, vagon raqamini ayt, shoshilmasdan qanday vaziyat sodir bo’lganini tushuntir.

Jamoat transportida, metroda bo’lganingda ogoh bo’l!

Egasiz qoldirilgan sumka, paket va boshqa narsalarni ko’rganingda shu zahoti ichki ishlar xodimlariga yoki poyezd mashinistiga xabar ber. 22 Shu narsalar ichida portlovchi moddalar bo’lishi mumkin. Qo’ling bilan tegma, atrofingda turgan odamlarni xavf haqida ogoh qil.

Барча янгиликлар

Text to speech