Xavfli maishiy moddalar bilan bog’liq bo’lgan hodisalarning oldini olishda:
-
Xavfli maishiy moddalarni xavfsiz, yosh bolalar ololmaydigan joylarda saqlash;
-
Xavfli maishiy suyuqliklarni idishdan oqib ketmasligi va bug’lanib ketmasligi uchun ularning idishlari og’zini mahkam berkitish;
-
Aerozollar, oson alangalanuvchi va portlovchi moddalarni elektr isitgich va olovli manbalar yaqinida saqlamaslik;
-
Xavfli maishiy suyuqliklarning idishlariga ularning nomini yozib qo’yish;
-
Sovutgichda saqlanadigan dori-darmonlarni yaxshi, mahkam yopilgan va nomlari yozilgan idishlarda saqlash;
-
Tanish bo’lmagan suyuqlik, kukun, pasta va boshqa narsalarga tegmaslik, ularni hidlab yoki til tegizib aniqlashga aslo harakat qilmaslik;
-
Kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan ishlashda (kislota, ishqor, eritgichlar) yengi uzun kiyim kiyib, himoya ko’zoynagi va etakni (fartuk) taqib ishlashni esda tutish kerak.
Xavfli maishiy moddalarni: tez alangalanuvchi, yemiruvchi va portlovchi moddalar, zaharli moddalar, oziq-ovqat va dori-darmonlarni bir joyda saqlanishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Xavfli maishiy moddalar bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisalar sodir bo’lganda amalga oshiriladigan tadbirlar va xatti-harakatlar quyidagilardan iboratdir: