Yong’in xavfsizlik qoidalari

Yong’in chiqqan hollarda:
  • Darhol o’t o’chirish xizmati 101ga xabar ber;

  • Mavjud bo’lgan vositalar (o’t o’chirgich, suv, qum, qalin yopqichlar) yordamida yong’inni o’chirishga urinib ko’r;

  • Yonayotgan xonaga havo kirishini chekla (derazalarni va eshiklarni zarurat bo’lmasa ochma), quyuq tutun bo’lganda zudlik bilan xonani tark et va eshikni mahkam yop;

  • Xonadan chiqayotganingda ko’zlaringni va nafas olish organlarini tutundan respirator, paxta dokali niqob, ho’llangan latta yoki sochiq bilan himoya qil.

Evakuatsiya qilish yo’llari:
  • Zinapoyalar, tutash balkonlardan;

  • Tashqi yong’in narvonlari;

  • Yo’laklar;

  • Baland imoratlarda balkonlardagi pastki qavatlarga tushadigan evakuatsiya lyuklaridan foydalanish mumkin.

Bularni bilish kerak!
  • Ho’l sochiq yoki qalin gazlama nafas olish organlarini tutundan saqlaydi;

  • Vaqtida (tez yordam kelguncha) qilingan sun’iy nafas jabrlangan kishining hayotini saqlab qoladi;

  • Sun’iy nafas oldirish ochiq havoda bo’lishi kerak;

  • Odamlar badanidagi kuygan joylarni vodoprovod suvida yuvish tavsiya etiladi.

  • Yong’in chiqsa, 101-raqamiga qo’ng’iroq qil

Барча янгиликлар

Text to speech