Suvdagi xavfsizlik qoidalari

Cho’miluvchilarga maslahatlar:
  • Quyoshli, shamolsiz havoda cho’milish;

  • Havo harorati –plyus 20-25°C;

  • Suv harorati –17-19°C dan past bo’lmasligi kerak.

Quyidagi hollarda cho’milish tavsiya etilmaydi:
  • Charchagan bo’lsang:

  • Oftobda ortiqcha qizib ketgan bo’lsang;

  • Qorning och bo’lsa;

  • Chanqagan bo’lsang;

  • Yaqindagina kasaldan tuzalgan bo’lsang.

Tomir tortishganda:
  • Qo’l barmoqlarida: panjangni tezda musht qilib, qattiq qisib, qo’lingni yon tomonga keskin uloqtirganday harakatlantirib, mushtingni ochib yubor;

  • Boldir mushaklari tortishganda: engashib, tortishgan oyoq kaftidan ushlab ol, o’zinga tomon qattiq tort;

  • Son mushaklari tortishganda: to’piq yaqinida oyog’ing yuzini tashqi tomondan ushlab, oyog’ingni tizzadan bukib, orqaga kuraging tomonga tort.

Барча янгиликлар

Text to speech