-
Eshik qulflanganini tekshirib ko’r;
-
Notanish va atiga bir-necha marta ko’rgan odamga senga qanday sababga ko’ra kelganligini aytsa ham, o’zini (chilangar, gaz ustasi, uchastka noziri, ota-onangni tanishi) tanishtirsa ham hech qachon eshikni ochma;
-
Telefon orqali hech qanday savollarga javob berma (otaonangning ismi nima? Ular qayerda ishlashadi, ishxonasining telefon raqami, ular qachon keladi va h.k.);
-
Agar eshik taqqillasa, avval ko’zchadan qarab, eshikni chap (o’ng) tomonida turib tanish yoki ota-onangiz tayinlab ketgan odam kelganligiga ishonch hosil qilmaguncha eshikni ochma;
-
Agar ko’zchada hech kim ko’rinmasa va chiroq o’chgan qorong’i bo’lsa eshikni ochma, qo’shnilarga telefon qilib qarashlarini 48 iltimos qilgin, yomon niyatli kishilar atayin ko’zchani yopib qo’yishi mumkin;
-
Eshik orqali hech kim bilan savol-javob qilma, agar savol berishsa «hozir qo’shnilarga qo’ng’iroq qilaman ular sizga yordam beradi», yoki «militsiyaga qo’ng’iroq qilaman», ular kelib hal qilishadi deyish kerak;
-
Agar sening iting bo’lsa, u maxsus tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsagina senga ishonchli qo’riqchi bo’lishi mumkin;
-
«Tez yordam» yoki «baxtsiz hodisa» sodir bo’lganini telefon qilishi zarurligini aytib eshik ochishni so’rashsa, sen bu haqda o’zing xabar berishing mumkinligini ayt, lekin eshikni ochma;
-
Sening uyingda telefon oldida «tez yordam», «militsiya», “gaz xizmati” yaqin qarindoshlar, qo’shnilar, ota-onangni xizmat telefonlari yozilgan daftarcha doim turishi kerak;
-
Agar uyingda telefon bo’lmasa ota-onangdan xavfli holatlarda qo’shnilar bilan qanday bog’lanishni so’ra (masalan: batareya trubasi yoki devorni taqqillatish orqali);
-
Uydan bir-necha daqiqaga chiqsang ham uyning eshigini yopmasdan qoldirma;
-
Axlat tashlashga ketganda eshikni qulfla;
-
Uy kalitlarini ehtiyot qil, ota-onang ruxsat bergan odamlarga qoldir;
-
Uydan chiqib ketayotganingda deraza va eshiklarni yaxshilab yopib ket;
-
Uyingdagi qimmatbaho buyumlar, radio-videoapparaturalar haqida gapirma. Jinoyatchi, uy egalari, qimmatbaho buyumlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgandagina jinoyatchilik sodir bo’ladi. Og’zinga mahkam bo’l;
-
Uyga kirishdan oldin, orqangda hech kim yo’qligiga ishonch hosil qil.