3 Июн 2022 йил 1604

Yunusobod tumani 3-sektor rahbari yoshlarning muammolarini hal qilmoqda

Mamlakatimizda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan uyushmagan, ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tashabbusi bilan, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 23-yoshli Bekzod M. va 22-yoshli Dmitriy Sh.larning bandligini taʼminlash maqsadida “Yoshlar daftari jamg‘armasi”dan ajratilgan mablag‘lar evaziga ularga skuterlar olib berildi. Kuni kecha tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida “Temuriylar tarixi” Davlat muzeyi oldida ularning har biriga “YADEA” rusumli elektroskuter topshirildi.
Shuningdek, Yunusobod tumani 3-sektor rahbari Bekzodga identifikatsion karta olib berishda amaliy yordam berdi.

Барча янгиликлар

Text to speech