22 Март 2022 йил 2181

Yunusobod tumanida mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtorish ishlari olib borilmoqda

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, Yunusobod tumani 3-sektor hududida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli xildagi mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda. Jumladan, hozirgi kunga qadar 16 ta mahallalarda jami 2200 tup mevali va 1650 tup manzarali daraxtlar ekildi.

Shuningdek, 3-sektor rahbari polkovnik Abdumajid Shermuxamedov mas'ul idora-tashkilot vakillari bilan hamkorlikda “Billur”, “Gayratiy”, “Qo‘shchinor” mahallalarida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. “Obod mahalla” dasturi doirasida "Qo‘shchinor" mahallasida asfal'tlash ishlarini boshlab yuborishdi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchilariga ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha maslahat va topshiriqlar berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech