20 Январ 2022 йил 2180

YPX xodimlari qidiruvda bo`lgan piyodani qo`lga oldilar

Bugungi kun texnologiyalari yordamida jinoyatchilarning turar joylarini tezkor aniqlash, ularni qo`lga olish bo`yicha choralar ko`rish tezligini oshirish mumkin.
2022-yil 20-yanvar kuni Toshkent shahar YHXB YPX inspektorlari kapitan T. Mirzaaxmedov va katta leytenant А. Shadievlar KXАY ko`chasida xizmat olib borganlarida yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tmoqchi bo`lgan piyodani ko`rib qolishdi. Maxsus planshet orqali hujjatlar tekshiruvi va ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirish davomida aniqlanishicha, 39 yoshli Olimxo`ja T. muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvga e’lon qilingan. Fuqaro Chilonzor tumani IIO FMBga yetkazildi. 

Барча янгиликлар

Text to speech