27 Феврал 2022 йил 2257

Yoshlar festivali qanday oʻtmoqda?

Bugun "Anhor-Lokomotiv" parkida fuqarolarni bayram kutmoqda! Hamshaharlarni va shahrimiz mehmonlarini O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining orkestri kutib olmoqda.

 

"Toshkent yoshlarni sevadi" shiori ostida o`tkazilayotgan marafonda retro avtomobillar qatnashmoqda.

 

Marafon doirasida Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi otliq otryadining marshi rejalashtirilgan.

 

Marafon ishtirokchilar startga tayyorlanmoqdalar...

 

"Anhor-Lokomotiv" parkining maydonchalaridan birida konsert dasturi o`tkazilmoqda.

 

Bayram dasturida shuningdek O`zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining orkestri qatnashdi.

 

Yoshlar salomatligida muntazam sport mashg`ulotlarining o`rni katta. Yoshlar festivalining maydonchalaridan birida yosh bokschilarning musobaqasi tashkil etildi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari armrestlingda kuch sinashmoqda, sambo bo`yicha ham bellashuvlar o`tkazilmoqda.

 

Tadbir maydonchalarida yosh rassomlar burchagi ham tashkil etildi: ular tadbir mehmonlariga o`z asarlarini namoyish etmoqdalar.

 

Festival doirasida osh pishirish tanlovi yosh oilalar uchun tashkil etildi.

 

Toshkent yoshlarni sevadi Festivali (UzReportTV):

https://www.youtube.com/watch?v=VGrMZ51a4z0

 

"Barkamol Avlod" Bolalar markazi o`quvchilarining qo`llari bilan tayyorlangan buyumlar Yoshlar festivalida taqdim qilindi: iste'dod egalari har qadamda!

 

Yoshlar festivali – ko`plab tanlovlarni o`z ichiga olgan bayramdir! Mehmonlar stol tennisida, arqon tortish, kamondan o`q uzishlarda kuch sinashishlari mumkin... Siz ham biz bilan "Anhor-Lokomotivdamisiz"?

 

Tez orada "Zakovat" intellektual tanlovi boshlanadi: unda yoshlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari xodimlari ham qatnashadilar. Ko`plab tomoshabinlar o`yin boshlanishini kutmoqdalar.

 

 

Yoshlar festivalining mehmonlari uchun milliy taomlar bilan bezalgan dasturxonlar tashkil qilingan. An’anaviy tarzda sumalak tayyorlanmoqda, osh ham pishib qoldi…

"Anhor-Lokomotiv" parkida Festival doirasida Shayxontohur tumanining to`rtta sektorlari rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi o`tkazilmoqda. 

Shayxontohur tumanidagi "Anhor-Lokomotiv" parkida Yoshlar festivali doirasida bayram konserti boshlandi. Xush kelibsiz, aziz hamshaharlar va poytaxt mehmonlari!
 
 
 

 

 

Барча янгиликлар

Text to speech