11 Апрел 2022 йил 2133

Yo‘lning qatnov qismida “drift” qilib harakatlanish, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mercedes Benz E 200” rusumli (davlat raqam belgisi 01 W 210 QB) avtomashina haydovchisi yo‘lning qatnov qismida xavfli holatni yuzaga keltirgan holda “drift” qilayotganini aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari ushbu holatni e'tibordan chetda qoldirmaganini ma'lum qilamiz.

Ushbu huquqbuzarlik joriy yilning 26 mart kuni Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida, yuqoridagi avtoulovni ishonchnoma asosida boshqargan 24 yoshli X.M. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaro X.M.ga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda mas'uliyatsiz hatti-harakatlar, ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmang. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling.

Барча янгиликлар

Text to speech