Yashnobod tumanida bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi bo`lib o`tdi
Yashnobod tumanidagi 255-sonli o`rta maktabda Аholi bandligiga ko`maklashish markazi, hokim yordamchilari va tuman IIO FMB probatsiya bo`limi hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi o`tkazildi. Tadbirdan maqsad probatsiya xizmati hisobida turuvchi uyushmagan va ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish masalalarini hal qilishdan iboratdir. Bo`sh ish o`rinlari yarmarkasida “Yashnobod” Innovatsion texnopark DUK, “Artel” maishiy texnikalar do`konlari tarmog`i, “Sardoba Agro Holding” MChJ va boshqa bir qator korxona va tashkilotlar, shuningdek “Ishga marhamat” monomarkazi vakillari qatnashdilar. Ikkita o`quv markazlari vaqtinchalik ishsiz fuqarolarga ularning markazlarida tahsil olib, kasb egallashni taklif qildilar. Tadbir davomida hisobda turuvchi 17 nafar shaxslar ishga yo`llanma oldilar. Bundan tashqari, 3 nafar fuqarolar mehnat bozorida talab baland bo`lgan kasb egallash uchun o`qishga yo`llanma oldilar.