24 Март 2022 йил 1550

Yangihayot tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Yangihayot tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 12-mart kuni soat 22.00 larda noma’lum shaxs xonadonga deraza orqali kirib, 42 yoshli Oksana D.ga tegishli 3.600.000 so‘mlik televizorini o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16-mart kuni o‘g‘rilikni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu 36 yoshli Albert F. bo'lib chiqdi. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech