30 Апрел 2022 йил 1408

Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdilar

Joriy yilning 27 aprel kuni Yakkasaroy tumani IIO FMB yoshlar masalalari boʼyicha katta inspektor kapitan Ergashev Qaxramon, mayor Yelena Belousova hamda xotin-qizlar masalalari boʼyicha katta inspektor podpolkovnik Munisa Аbduraxmanovalar tomonidan Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari bilan uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuv davomida talabalarga fuqarolarning huquq va majburiyatlari, faol fuqarolik pozitsiyasi tushunchasi, zoʼravonlik holatlarini oldini olish, Oʼzbekiston qonunchiligida gender tenglik hamda xotin-qizlarni zulm va zoʼravonlikdan himoya qilish kabi mavzular tushuntirildi.
Shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish maqsadida talabalarga odam savdosi muammosi, oʼgʼrilik va firibgarlik jinoyatlarining turli xil koʼrinishlari haqida maʼlumotlar berildi.
Xodimlar yoshlarni kelajakda turli xil noxush holatlarga tushib qolishlarini oldini olish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida oʼz bilimlari bilan ulashishdi.
Davra suhbatining navbatdagi mavzusi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish achinarli oqibatlarga olib kelishi haqida boʼldi.
Talabalar xodimlarga oʼzlarini qiziqtirgan savollarini berib, ularga atroflicha javob oldilar hamda baʼzi muammolar boʼyicha oʼzlarining takliflarini berdilar.

Барча янгиликлар

Text to speech