21 Феврал 2022 йил 2451

Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar talabalar bilan uchrashishdi

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neftь va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektorlarning oliygoh talabalari va o`qituvchi-professorlari bilan uchrashuvi o`tkazildi. Xodimlar o`z chiqishlarida 2019-yilning sentabrida kuchga kirgan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvar kunidagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori haqida so`zladilar. Uchrashuvda shuningdek himoya orderi olish tartibi muhokama qilindi. Ishtirokchilarga mazkur hujjat qanday holatlarda va kimga berilishi tushuntirildi. Barvaqt turmush qurish va ajralish holatlari ham chetda qolmadi. Talabalar ham o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar huquqbuzarlik va jinoyatlar ko`pincha oiladagi kelishmochiliklar sababli sodir etilishi haqida gapirdilar. Shuning uchun xodimlar yoshlarning e’tiborini mazkur mavzuga qaratdilar.
Tadbir yakunida talabalar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech