12 Январ 2022 йил 2411

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar to`g`risida

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar ayollarga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishga yo`naltirilgan ishlarni muntazam ravishda olib bormoqdalar. Yaqinda Yangihayot va Yunusobod tumanlari IIO FMBlari xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektorlari ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o`tkazishdi.
Uchrashuv davomida xodimlar yaqinda tashkil qilingan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining “Ishonch markazi” to`g`risida axborot varaqalarini tarqatdilar. Mahalla fuqarolar yig`inlari, maktabgacha ta’lim muassasalari, sog`liqni saqlash obyektlariga alohida e’tibor qaratildi. Аholiga Markaz faoliyati to`g`risida ma’lumot berilib, u yerga qo`ng`iroq qilib og`ir sharoitda qolgan va ijtimoiy hamda huquqiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolari to`g`risida xabar berish mumkin. Bu kabi suhbatlar davomida muhim ma’lumot berilishi sababli bunday uchrashuvlar katta manfaat berishi qayd etildi. Bundan tashqari, suhbatlar davomida ishtirokchilar o`z savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Аgar siz zo`ravonlik qurboniga aylangan bo`lsangiz yoki sizga malakali xodimlarning huquqiy maslahati kerak bo`lsa, “1259” va “1286” raqamlari orqali Ishonch markaziga murojaat qiling. 

Барча янгиликлар

Text to speech