Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi
Yashnobod tuman IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan tuman hududida joylashgan 170-o‘rta ta'lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Davlat San'at va Madaniyat institutiga ekskursiya tashkil etishdi. Mazkur uchrashuvda o‘quvchilar kinorejissyor, ssenarist, kinooperator Xudoybergan Devonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali kinooperator Xotam Fayziev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rixsixo‘ja Umarxo‘jaev, O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboeva nomidagi ijodiy ustaxonalarga taklif qilinilib, ulardagi talabalarning ijodiy ishlari hamda sahna ko‘rinishlari bilan tanishib chiqdilar. O‘quvchilar o‘qituvchi va talabalarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Shu tariqa uchrashuv qizg‘in munozaralarga boy tarzda o‘tkazildi. Kelgusida shu kabi tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.