26 Май 2022 йил 1425

Yangihayot tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektorlari seminar-trening o’tkazishdi

Yangihayot tumani «Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tuman XQMB katta inspektorlari tashabbusi bilan mahalladagi xotin-qizlar uchun "Zo’ravonlikka qarshi murosasizlik muhitini yaratish va hamkorlikda oiladagi zo’ravonlikni oldini olish, tazyiqqa uchragan fuqarolarga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish va ularni ijtimoiy faollashtirish" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Mavzu seminar qatnashchilari tomonidan qizg’in bahs va muzokaralarga sabab bo’ldi. Xotin-qizlar faollari o’zlarining hayotiy tajriba va amaliyotidagi voqealar haqida gapirib, psixologik hamda huquqiy maslahat berilishida amaliy yordam ko’rsatayotgan tuman IIO FMB XQMB katta inspektorlariga alohida minnatdorchilik bildilar.

Барча янгиликлар

Text to speech