Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan seminar trening o‘tkazildi
Toshkent shahar Sergeli tumani IIO FMB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar trening o‘tkazildi. Yig‘ilishda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, muammolarini aniqlash hamda hal etish, oilalar muhitini yaxshilash, ajralish arafasida turgan turmush o‘rtoqlarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar ishtirokchilar e'tiborini xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam olishi, bandligini ta'minlash masalalarida manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratdi. Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, birinchi navbatda, yakka tartibdagi ishlarni jadallashtirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda ularning rolini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.