31 Март 2022 йил 1828

Xonadondan kalit tanlash yo'li bilan sodir bo‘lgan o‘g‘rilik fosh qilindi

26-mart kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 65 yoshli Tulqun A. murojaat qilib, uning xonadoniga noma’lum shaxslar kirib, ikki dona uyali telefonlarini o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki surishtiruv ishlariga ko‘ra, 33 yoshli Timur F. kalit tanlash yo'li bilan xonadonga kirib, o'g'rilik sodir etgan. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech