17 Январ 2022 йил 1468

Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo`lgan xodimning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar

Joriy yilning 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni nishonlandi. Ichki ishlar organlarida xizmat qilish – muhim va mashaqqatli kasbdir. Bu kasb o`z xodimlaridan jasorat, yaxshi jismoniy va jangovar tayyorgarlikni talab qiladi. Аfsuski, bugungi kun jamiyatidagi eng xavfli bo`lgan kasbda yo`qotishlar ham yuz beradi.
Yashnobod tumani IIO FMBning bir qator xizmatlari vakillari Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan marhum jinoyat qidiruv xizmati xodimi mayor Mirahmedovning M.ning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Xodimlar Bo`stonliq tumani Nanay qishlog`ida joylashgan, Mirmahmud Mirahmedov tahsil olgan 44-son o`rta maktabda bo`ldilar. Mehmonlar maktabga kirish oldida o`rnatilgan barelьefga gullar qo`ydilar.
Hamkasblarni xotiralash – ichki ishlar organlarida avloddan avlodga o`tib keladigan odatdir.

Барча янгиликлар

Text to speech