17 Июн 2022 йил 2707

“Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbirlari davomida diniy taʼlim bilan noqonuniy shugʼullanayotgan shaxslar aniqlandi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va DXX xodimlari, Sergeli tumanida oʼtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida, xususiy uylardan birida yashovchi 37 yoshli Ortiqali A. va uning turmush oʼrtogʼi 35 yoshli Matluba A.lar, tegishli ruxsatsiz 15 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy adabiyotlardan foydalangan holda dars oʼtkazishgan. Voqea joyidan diniy adabiyotlar va mobil telefonlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 241-moddasiga (Diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish) asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, holatni oʼrganish jarayonida, bolalarga muntazam ravishda psixologik va jismoniy tazyiq oʼtkazilgani maʼlum boʼlgan. Ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan.
Mazkur holat yuzasidan IIО xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Voyaga etmagan bolalarga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv natijalariga ko'ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Barcha holatlar aniqlanguniga qadar bolalar Toshkent shahar IIBBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech