Toshkent shahar IIBBda voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2021 yildagi faoliyati sarhisob qilindi
Toshkent shahar IIBBda voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining o`tgan 12 oydagi faoliyati sarhisobiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB boshlig`ining o`rinbosari polkovnik R. Sultonxodjaev, shahar prokuraturasi vakillari, voyaga yetmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixologlar, yoshlar masalalari bo`yicha katta inspektorlar ishtirok etdilar. Yig`ilish davomida yo`l qo`yilgan kamchiliklar muhokama qilindi, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida profilaktik ishlarning samaradorligini oshirish bo`yicha aniq vazifalar qo`yildi. Bundan tashqari, o`sib kelayotgan avlod o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni oldini olish borasida xatolarga yo`l qo`ygan mas’ul xodimlarga tegishli ko’rsatmalar berildi va kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha aniq choralar belgilandi. Tadbir yakunida 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar kelishib olindi, joylardagi yoshlar masalalari bo`yicha katta inspektorlar va voyaga yetmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixologlarga aniq topshiriqlar berildi.