2 Апрел 2022 йил 2017

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi videoselektor yig‘ilishida ishtirok etdi

Bugun Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi “Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining yutuqlari va istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy yig‘ilishida ishtirok etdi. IIV tizimlari shaxsiy tarkibi qatnashgan ilmiy-amaliy tadbirni Vazir o‘rinbosari - Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig‘i general-mayor A.Ikramov olib bordi.

Yig‘ilishda ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘tgan davr mobaynida nafaqat asosiy vazifalarni hayotga tatbiq etish, balki ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviy-ahloqiy tarbiyasini kuchaytirish imkonini beradigan ishlar amalga oshirildi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni izchil yo‘lga qo‘yish maqsadida ichki ishlar organlarida vatanparvarlik xonalari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularda xodimlar orasida xalqimizning milliy madaniyati va qadriyatlariga bo‘lgan munosabatni mustahkamlab, ma'naviy-ahloqiy me'yorlarni shakllantirib, O‘zbekiston xalqining urf-odatlari, boy tarixi hamda an'analariga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini singdirish kabi masalalar katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.

Барча янгиликлар

Text to speech