10 Феврал 2022 йил 1851

Uchtepa tumanidagi «Ko`ksaroy» mahallasida “mahallabay” tizimi bo`yicha ishlar o`tkazildi

Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 3-sektor ishchi guruhi “mahallabay” tizimi bo`yicha ishlarni davom ettirib, fuqarolarning muammolarini aniqlamoqdalar va o`rganmoqdalar. Masalan, bu safar poytaxt IIBB boshlig`i general-mayor А. Tashpulatov rahbarligidagi ishchi guruh Uchtepa tumani IIO FMBning mas’ul xodimlari bilan birgalidka 3-sektor hududida joylashgan “Ko`ksaroy” mahallasida bo`ldilar. Mahallani ko`zdan kechirish davomida maktabgacha ta’lim muassasalariga, maktablarga, mazkur hududda faoliyat yurituvchi kichik korxonalarga, shuningdek “temir daftarga” kiritilgan muhtoj oilalarga e’tibor qaratildi.
Ta’lim muassasalarida tashkil qilingan sharoitlar o`rganildi va bir qator kamchilik hamda qoidabuzarliklar aniqlandi. Jumladan, xususiy bolalar bog`chalaridan birida yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi, shuningdek kunduzgi uyqu uchun alohida yotoqxona yo`qligi aniqlandi. Mas’ul shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish topshirig`i berildi.
Ishchi guruhi 591-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida ham bo`ldi. O`rganish davomida bolalar bog`chasi 180 nafar bolalarga mo`ljallangani, ammo hozirda 203 nafar bolalarga xizmat ko`rsatayotgani ma’lum bo`ldi. Bundan tashqari, bog`chada eski eshik va oynalarni almashtirish kerakligi aniqlandi. Tuman ma`muriyatiga tegishli taklif kiritildi.
Shuningdek 297-son maktabdagi yo`qlama va boshqa masalalar tekshirildi. Bitiruvchi sinf o`quvchilarining jurnallari tekshirilganda, ba’zi o`quvchilar darslarni uzrli sabablarsiz qoldirayotganlari, boshqalar esa nomaqbul ko`rinishda kelganlari, yana bir nechta o`quvchilarda dars kitoblari yo`qligi ma’lum bo`ldi. Аniqlangan kamchiliklar bo`yicha mas`ul shaxslarga – direktor va inspektor-psixologga tegishli topshiriqlar berildi. Tarbiyasi og`ir o`smirlarning ota-onalariga o`z farzandlari va ularning o`zlarini tutishlari ustidan nazorat o`rnatish topshirig`i berildi.
Matkabdan so`ng IIO xodimlari kam ta’minlangan sifatida “temir daftar” ro`yxatiga kiritilgan oiladan xabar oldilar. Suhbat davomida oila boshi muqaddam sudlangan Xusan S. malakali tibbiy yordam olishda va ishga joylashishda ko`mak so`radi. Ushbu murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi.
Uchinchi sektor rahbari shuningdek uyida biznes bilan shug`ullanuvchi xususiy tadbirkorlarning faoliyati bilan ham tanishdilar. Mahalla hududida faoliyat yurituvchi mebel ishlab chiqaruvchi korxona va fermerlik xo`jaligida ba’zi muammolar borligi aniqlandi. Tadbirkorlarga 10 kun ichida mazkur kamchiliklarni bartaraf etish topshirig`i berildi.
Аholining ehtiyojlarini yanada chuqurroq o`rganish maqsadida jadval bo`yicha har haftada sayyor qabullar o`tkazilib, ko`plab masalalar joylarda hal qilinmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech