5 Июл 2022 йил 1607

Uchtepa tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi sayyor qabul Uchtepa tumanidagi 295-sonli maktabda bo‘lib o‘tdi. Unda 30 ga yaqin fuqaro, jumladan yoshlar, sektor hududidagi MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, shuningdek sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida 20 dan ortiq turli yo‘nalishlardagi murojaatlar kelib tushdi. Shulardan, 16 ta murojaat joyida hal etildi va ular bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. 4 ta murojaat taaluqligi bo‘yicha nazoratga olindi. Xususan, tadbir davomida “Diydor” mahallasida yashovchi “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi fuqaroga subsidiya tarzida noutbuk, 2 nafar “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turib, OTMda kontrakt asosida tahsil oluvchi yoshlarga to‘lov kontrakt pullarining 50 foiz miqdori to‘langanligi to‘g‘risida sertifikat, 1 nafar fuqaroga harbiy safarbarlik chaqiruv rezerviga to‘lov puli to‘langanlik to‘g‘risida sertifikat hamda “Qoziguzar” mahallasida “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi fuqaroga avtomaktabda o‘qish uchun sertifikat berildi.
Tadbir davomida “Qoziguzar” mahallasida yashovchi fuqaro, ilgari sudlanganligi, o‘zini-o‘zi band qilish hamda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida, 3-sektor rahbariga murojaat qilib, murojaati ijobiy hal etilganligini, hozirda mustaqil faoliyatini yo‘lga qo‘yganligini va bundan minnatdor ekanligini ma'lum qildi.
Tadbir yakunida faol yoshlarga, MFY raislariga, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga jami 30 dona vatanparvarlik ruhidagi tarixiy-siyosiy hamda badiiy kitoblar topshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech