31 Январ 2022 йил 2269

Toshkent shahar uchinchi sektori: аmaliy yordam ko`rsatilmoqda

Sektorlar vazifalarining biri – muhtojlarga zarur yordam ko`rsatishdan iboratdir. Bugungi kunga qadar uchinchi sektor o`zini aholi muammolarini o`rganish va ularni hal qilishda samarador uslub sifatida namoyon qildi. Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha uchinchi sektor ishchi guruhi “fuqarobay” va “mahallabay” tizimi bo`yicha faoliyat yuritmoqda.
Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha uchinchi sektor hududida 147 ta mahallalar joylashgan bo`lib, ularda 208 746 ta oilalar istiqomat qilmoqdalar. 2021-yilda 3-son sektor ishchi guruh a’zolari “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarga turli muammolarni hal qilishda yordam berdilar.
Davlat rahbarining topshirig`iga ko`ra maxsus daftarlarni shakllantirishda ayollar va yoshlarning moddiy holatini o`rganish bo`yicha maqsadli ishlar amalga oshirilgan. Natijada 14 872 ta ayollar va 8 245 ta yoshlar ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, ishga joylashtirish, daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida maxsus ro`yxatlarga kiritildilar.
Yosh yigit va qizlarning hayot sifatlarini yaxshilash, ularga kelajakda yetuk inson bo`lishda yordam berish, mavjud muammolarini hal qilish maqsadida sektor rahbariyati “Sektor yetakchisi va yoshlar” uchrashuvini tashkil qilmoqda. Hisobot davrida uyushmagan yoshlar vakillari bilan 576 ta uchrashuvlar tashkil qilingan, ulardan 50 tasini bevosita Toshkent shahar IIBB boshlig`i o`tkazgan. Yoshlar muammolarining asosiy qismi ishga joylashish, moddiy yordam olish, shuningdek o`qish kontraktini to`lash va harbiy xizmatga kirish masalalari bilan bog`liq edi. Suhbatlar davomida yuridik maslahatlar va amaliy yordam ko`rsatildi.
Sektor hududida 17 433 ta kam ta’minlangan oilalar bor edi. Ularga muammolarni hal qilishdi tadbirkor-homiylar ko`maklashdilar. Shuningdek ishlarda o`zini o`zi boshqarish organlari, ko`ngillilar ham qatnashdilar. Аholiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, pul, turli xil ko`mak berildi. Hozirgi vaqtga kelib yaxshi tashkil qilingan ishlar natijasida ko`plab oilalarni muhtojlar ro`yxatidan chiqarishga erishildi.
Mahallalar aholisini ishga joylashtirishga alohida urg`u berildi: mehnat bozori o`rganilib, bandlik xizmati bilan yaqindan hamkorlik qilindi. “Temir daftarga” kiritilgan 18 343 ta ishsizlar ishga joylashtirildilar. Jumladan, 1 082 kishi o`z ishini ochdi, 8 519 tasi ijtimoiy ishlarda, 1 369 tasi agrosanoat loyihalaridan qatnashmoqdalar, 1 066 kishi qurilish sohasida, 3 055 nafar fuqarolar rasman mehnat qilmoqdalar. 1 790 nafar kishilar oldingi ishlariga qaytdilar. Umuman olganda, aholini doimiy ish bilan ta’minlash uchun bor imkoniyat ko`rib chiqilmodqa.

Барча янгиликлар

Text to speech