“Uch avlod uchrashuvi – yoshlarni ruhlantirish asosi”
Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri oʻtkazildi. Tadbirdan ko’zlangan maqsad – “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” g‘oyasi asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga fidoyi hodimlarning ibratli hayoti va xizmat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni, tizimning shonli tarixini yetkazishdan iborat. Uchrashuv davomida iste’fodagi general-mayor Habibulla Hojimatov soʻzga chiqib, o‘zining bosib o‘tgan hayot yo‘li, generl unvonigacha bo‘lgan xizmati, ichki ishlar organlarida koʻp yillar samarali faoliyat, hamda oʻquvchilarni ta’lim olishga da’vat etib, har bir inson oʻz ona Vatanini sevishi lozimligi, Vatan ostonadan boshlanishi, ichki ishlar organlari xodimi boʻlish sharaf ekanligini ta’kidlab oʻtdi. O’z navbatida litsey rahbariyati va o‘quvchilar faxriyni yaqinlashib kelayotgan “1-oktabr – Ustozlar va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabrikladilar.