11 Апрел 2022 йил 2468

Turistik firma xodimlariga nisbatan firibgarlik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, turistik firmaning xodimlari 26 yoshli Mushtariy A. va 38 yoshli Anvarbek T.lar 36 yoshli Artyom S.ga Antaliyaga (Turkiya) sayohat uyushtirishni va’da berishgan. Buning uchun undan 6.550 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarishmagan. Pullarni o'z ehtiyojlari uchun sarflashgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Барча янгиликлар

Text to speech