14 Январ 2022 йил 2010

Toshkentdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

Shu kunlarda O`zbekiston Qurolli Kuchlarining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazilmoqda. Yunusobod tumani IIO FMB 1-son IIB xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektorlarining tashabbusi bilan 163-son maktabgacha ta’lim muassasasida bayram tashkil etildi. Bolalar bog`chasida bunday bayram tashkil etilishi bolalarda O`zbekiston himoyasi yo`lida xizmat qiluvchi Vatan himoyachilari bilan faxrlanish tuyg`usini shakllantiradi.

Bolakaylar tarbiyachilar bilan birga ashula va raqslardan iborat kontsert dasturini tayyorlagan edilar. Bayram shodiyona va jo`shqin o`tdi.

Shu kabi bayramlar Uchtepa tumanidagi 550-son bolalar bog`chasida ham o`tkazildi. Bolalar bog`chasida Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari mehmon bo`ldilar. Katta va tayyorgarlik guruhlari bolalari “Men ham Vatan himoyachisiman!” shiori ostida she’rlar o`qishdi, qo`shiqlar kuyladidar va milliy raqslarga tushdilar. Bolalarning kayfiyati juda tantanavor edi. 

Барча янгиликлар

Text to speech