16 Июн 2022 йил 1516

Toshkent shahar IIBB va shahar prokuraturasi hamkorligida Shayxontohur tumani hududida o'tkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” kontseptsiyasi doirasida olib borilgan profilaktik tadbirlar

Toshkent shahar IIBB hamda shahar prokuraturasi tomonidan bugungi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida hamkorlik qilib kelinmoqda. Xususan, “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi asosida tashkil etilgan navbatdagi profilaktik tadir Shayxontohur tumanida o‘tkazildi.
Ma'lumot uchun, tumanda 51 ta mahalla mavjud bo‘lib, 354.000 aholi istiqomat qiladi. Tadbirda dastlab, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan profilaktika inspektorlari va patrul post xizmati xodimlari, uy yo‘laklarida velosipedlar hamda bolalar aravachalarining qarovsiz qoldirilishi natijasida o‘g‘riliklar kuzatilayotganligi sababli tushuntirish ishlarini olib bordilar. Ularga o‘z mulklariga doimo hushyor bo‘lish va zarur bo‘lganida darrov IIOga murojaat qilish, maqsadga muvofiq ekanligi tushuntirib o‘tildi.
Navbatdagi manzil tumanning “Olim Xo‘jaev” mahallasi bo‘ldi. Bu yerda sodir etilgan jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi. Ma'lum bo‘lishicha, o‘z uyini ijaraga bergan fuqaro tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda zarur talablarni bajarmagan. Natijada bir xonadonda ijarachilar soni ortib borgan va ulardan biri shu uyning o‘zida telefon o‘g‘riligini sodir etgan. Voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Profilaktika inspektorlari kelgusida mahallada bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun aholi orasida tushuntirish ishlarini olib bordilar hamda fuqarolarga ijarachi qo‘yishda ehtiyot bo‘lishlarini ta'kidlab o‘tdilar.
«Malika» savdo markazi. Bu yerda ham xodimlar sotuvchi va xaridlorlarga targ‘ibot flaerlarini tarqatishidi.
Jinoyatchilikning oldini olishda keng jamoatchilik ishtiroki muhimligini, telefonlar bilan bog‘liq o‘g‘riliklar kuzatilayotganligi sababli, o‘z mol-mulklariga diqqat va e'tiborli bo‘lishlari uqtirildi.
Shuningdek, bank plastik kartalari bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ham tushunchalar berilib, plastik kartalaridan foydalanishda, plastik karta bilan bog‘liq shaxsiy kodlarini begonalarga oshkor etmasliklari haqida aytib o‘tildi.
Tuman hududidagi avtomobil yuvish shahobchasi ham e'tibordan chetda qolmadi. Sababi, avtomashina olib qochish yoki birovning mashinasini minib avariya sodir etish bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati tansport egalarining befarqligi bilan bog‘liqdir. Bu manzilda ham ishchi-xodimlar o‘rtasida tushintirish targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Profilaktika inspektorlari hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar o‘zlariga biriktirilgan hududlardagi oilalarni ham o‘rgandilar. Xonadonlardan birida vaziyat notinch ekanligidan xabar topib vaziyatni darhol nazoratga oldilar. Ma'lum bo‘lishicha, bu yerda uy bekasi sobiq eridan shikoyat qilib, IIOga ariza bilan murojaat qilgan. Shundan so‘ng, ayolning xavfsizligini ta'minlash maqsadida unga himoya orderi berildi.
Bir so‘z bilan aytganda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijasi o‘z samarasini bermoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech