14 Апрел 2022 йил 1751

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va shahar hokimligining hamkorlikdagi faoliyati

Joriy yilning 07 aprel kunidan IIBB va Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikdagi qo'shma rejaga asosan, zo'ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zo'ravonlikni oldini olish borasida “Oilalarda barqarorlik muhitini mustahkamlash profilaktikasi” oyligi o'tkazilmoqda.
Mazkur o'tkazilayotgan tadbir davomida Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlari 7 apreldan boshlab tashvishli xabarlar kelayotgan oilalardan xabar olmoqdalar. Joylarda muhokamalar o'tkazilmoqda, uylardagi vaziyat o'rganilib, muammolar aniqlanmoqda. Xodimlar birgalikda muammolarni hal qilishda yordam berib, jabrlangan ayollarning huquqlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko'rmoqdalar va zarur holatlarda himoya orderlarini topshirmoqdalar.
Misol uchun, Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tushgan xabarga asosan dastlabki surishtiruv ishlari olib borildi. Surishtiruv jarayonida Olmazor tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro V.V. va turmush o'rtog'i X.J. bilan o'zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Mazkur xabar yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB inspektorlari podpolkovnik S.Meylieva va kapitan X.Berdiqulovalar joyiga chiqib, fuqaro V.V.ning oilaviy sharoitlari o'rganildi. O'rganish jarayonida ayolning 5 nafar farzandi bo'lib, 2 nafar farzandi kasalligi tufayli dispanserda shifokorlar nazoratida davolanayotganligi ma'lum bo'ldi. Turmush o'rtog'idan tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayol ijarada turgan uyidan chiqib ketgan. Hozirda V.V. farzandlari bilan «Ayollar reabilitatsiya va moslashtirish markazi»ga joylashtirildi. Hozirgi kunda ushbu ayolga tibbiy va psixologik yordam ko'rsatilmoqda.
Chilonzor tumanida 2-son IIB boshlig'i va HQMB inspektori tomonidan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan X.G. eridan tazyiqga uchraganligi sababli uyidan chiqib ketib, 3 nafar voyaga etmagan farzandlari bilan daydilik qilib yurganligi aniqlandi. Uning farzandlariga oziq-ovqat mahsulotlari olib berilib, Ayollar reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirildi. Bundan tashqari, unga uyiga qaytishda amaliy yordam ko'rsatildi. Unga keyinchalik yordam ko'rsatilishi uchun Toshkent shahar IIBB xodimlari Qashqadaryo viloyati IIBdagi hamkasblari bilan bog'lanib, mazkur ayol doimiy turar joyiga borayotganligi haqida xabar berishdi.
Yunusobod tumani IIO FMB 5-sonli IIB xududida joylashgan “Xiyobontepa” maxallasida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan A.R. hamda uning kelini 1991 yilda tug‘ilgan A.B. bilan o'zaro janjali yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida A.B.ning oilasi ajrim yoqasida turganligi, ajrashish uchun sudga ariza berganligini, qaynonasi uni hech chiqishtirmasligi, 2 nafar farzandi borligi, arzimagan narsalardan uyida janjal chiqishi ma'lum bo'lgan. Oilaga huquqiy maslahatlar berilib, qaynona va kelinni yarashtirishga erishildi.

Барча янгиликлар

Text to speech