23 Август 2022 йил 1454

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi MvaFRB xodimlari abiturientlarning kirish imtihonlarida ishtirok etishi shaffofligini ta’minlamoqda

Ayni paytda mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda. Test sinovlarida abiturientlarning ishtiroki shaffofligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlarning shaxsi ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tekshiruvlar davomida boshqa shaxsning hujjatlaridan foydalanib, uning o‘rniga imtihon topshirishga uringan holatlar aniqlandi. IIO xodimlariga biriktirilgan Planshetlar yordamida shaxs va taqdim etilgan hujjatlar o'rtasidagi nomuvofiqliklar aniqlandi.

Jumladan, Mirakbar H., E’zozabonu M., Yulduz T. va Diyorbek A.lar o’z uka-singillari o‘rniga imtihon topshirmoqchi bo‘lganlar. Yana ikki nafar fuqaro Bekzod T. va Shukrullo K.lar tanishlari o‘rniga imtihon topshirmoqchi bo‘lganligi aniqlangan va ularga imtihon topshirishga ruxsat berilmagan. Ushbu shaxslarga nisbatan kirish imtihonlarida ishtirok etishdan chetlashtirilganligi yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzildi.

Барча янгиликлар

Text to speech