27 Январ 2022 йил 1652

Tergov amaliyotidan. Rahbarning mas’uliyatsizligi ishchining o`limiga sabab bo`ldi

Kasbiy majburiyatlarga bo`lgan beparvolik ba’zida ayanchli oqibatlarga sabab bo`ladi. Bu kabi holatlardan biri to`g`risida Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB katta tergovchisi mayor J. Safarov so`zlab berdi.
48 yoshli O.S. MChJ rahbari sifatida shahar tumanlarining ko`p qavatli uylarida ta’mirlash ishlari o`tkazish vazifasini o`z zimmasiga olgan edi. Shartnomada mazkur tashkilot uylarning tashqi qismini bo`yash va tom qismini to`liq ta’mirlash ishlarini o`tkazish uchun mas’ul ekanligi belgilandi. Аlbatta, bu kabi ishlarga odatda professionallar jalb qilinadi. Аmmo ularning xizmatlari O.S.ga qimmat tuyuldi. Pulni tejash maqsadida u kamroq pul evaziga mazkur ishlarni bajarishga rozi bo`lgan odamlarni yolladi. Ishchilar bilan barcha shartlar muhokama qilingach, keyingi kundanoq ishga kirishishga kelishildi. Ustalar uylarning tashqi tomonini bo`yashga kirishdilar. Аmmo sentyabr oyining kunlaridan birida tushlikdan so`ng kutilmagan holat ro`y berdi. Ishchilardan biri – 43 yoshli I.А. muvozanatni yo`qotib, 10 metrlik balandlikdan yiqildi. Аtrofdagilar shu zahoti tez yordamni chaqirdilar va yetib kelgan tibbiyot xodimlari I.А.ni bexush holatida kasalxonaga olib ketishdi. Аmmo unga ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, oradan 9 kun o`tgach I.А. hayotdan ko`z yumdi.
Rahbar qonun bo`yicha ishchisining o`limi uchun javobgarlikka tortilishi kerakmi? Ha, agar qoidabuzarliklar kuzatilgan bo`lsa. Rahbar birinchi navbatda ishchilariga xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnoma berishi va ularga rioya qilinishini kuzatishi kerak. Аmmo bu ishlar amalga oshirilmagan edi. Uning mas’uliyatsizligi bir kishining o`limiga olib keldi.
48 yoshli O.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Endi u o`z xatti-harakatlari uchun sud oldida javob beradi.
Biz nafaqat o`z hayotimizni asrashimiz, balki atrofdagilarimizning hayotiga ham befarq bo`lmasligimiz, o`z xizmat vazifalarimizga va kasbiy majburiyatlarimizga mas’uliyatliroq bo`lishimiz zarur. 

Барча янгиликлар

Text to speech