8 Январ 2022 йил 2545

Tegishli ruxsatsiz maxsus yoritish uskunalarini o`rnatish bilan bog`liq fakt bo`yicha choralar ko`rildi

5-yanvar kuni Instagram ijtimoiy tarmog`ida e’lon qilingan videolardan birida “Lacetti” rusumli ikkita avtomobillar maxsus yoritish uskunalari bilan jihozlangani ko`rinib turibdi. Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o`rganildi. Аniqlanishicha, avtomobillar 18 yoshli Mirazizxon M. va 27 yoshli Аfzalxo`ja E.lar tomonidan boshqarilgan.
Mazkur fakt bo`yicha IIBB YHXB xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 127-moddasi (“Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o`rnatish qoidalarini buzish”) bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech