7 Январ 2022 йил 2303

Tegishli ruxsatsiz maxsus yoritish uskunasini o`rnatish fakti aniqlandi

Yo`l harakati qoidalariga ko`ra transport vositasiga tegishli ruxsatsiz maxsus uskunalar o`rnatish taqiqlangan. Shunga qaramasdan, poytaxtda ushbu qoidani buzayotgan haydovchilar uchramoqda.
4-yanvar kuni Instagram ijtimoiy tarmog`ining foydalanuvchilaridan biri o`z profilida joylashtirgan videoda “LACETTI” rusumli avtomobili tegishli ruxsatsiz maxsus yoritish uskunalari bilan jihozlangani ko`rinib turibdi. Ushbu video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o`rganildi. Mahmuda I. ismli fuqaroga tegishli bo`lgan “LACETTI” rusumli avtomobilni 17 yoshli Maxamadjon S. boshqargani ma’lum bo`ldi.
Ushbu fakt asosida IIBB YHXB xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 127-moddasi bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Барча янгиликлар

Text to speech