Kecha, 18 may - Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari xodimlari hamda Bosh boshqarma Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi bolalari poytaxtning Olmazor tumanidagi "G‘alaba bog‘i" ga tashrif buyurishdi. Ular Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida, Toshkent shahridagi «Shon-sharaf” muzeyi, «Mangu jasorat” va «Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozisiyalarni o‘z ichiga olgan «G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bilan tanishishdi.