17 Май 2022 йил 1809

Suv nasosini o’g’irlaganlikda gumon qilingan shaxs qo’lga olindi

Yangixayot tumani IIO FMBga 38 yoshli Otabek S. hovlisida qarovsiz qoldirilgan qiymati 16 000 000 so‘mlik suv nasosi yo‘qolganini aytib, murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida o‘g‘irlikda gumon qilinuvchi 41 yoshli Baxtiyor K. qo‘lga olindi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech