1 Март 2022 йил 1770

Sodir etilmagan jinoyat to`g`risida ariza bergan kishi jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Chilonzor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, navbatchilik qismining “102” raqamiga 46 yoshli Laziz Sh. qo`ng`iroq qilib, unga noma`lum shaxslar pichoq bilan hujum qilib 1.500.000 so`m pulini tortib olishganini ma’lum qilgan. Mazkur fakt tekshirilganda Laziz Sh. shu kuni spirtli ichimlik ta`siri ostida bo`lgani va puli tushib qolgani ma’lum bo`ldi. Ushbu fakt bo`yicha unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi (“Yolg`on xabar berish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hurmatli fuqarolar. Eslatib o`tamiz, yolg`on xabar berish, ya`ni jinoyat to`g`risida bila turib yolg`on xabar berish uchun qonunchilikda jazo belgilanishi nazarda tutilgan.

Барча янгиликлар

Text to speech