28 Март 2022 йил 1752

Shayxontohur tumanida sodir etilgan talonchilik holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

23-mart kuni Shayxontohur tumani ichki ishlar organlariga 18 yoshli Sarvinoz X. ariza bilan murojaat qildi. Uning aytishicha, o‘sha kuni soat 15:30 larda ko‘chada noma’lum shaxs uning qo‘lidan telefonini tortib olib, qochib ketgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi shaxs qisqa vaqt ichida qo‘lga olindi. Bu 32 yoshli Sobirjon D. bo‘lib chiqdi.Tergov ishlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech